09:24 / 23.10.2017
8 856

Arab sahrosida sirli “tosh portallari” topildi

Arab sahrosida sirli “tosh portallari” topildi

Olimlar Saudiya Arabistonidan yuzlab “tosh portallari”ni topishdi. Ular Xarrat Xaybar tekisligida joylashgan bo’lib, aylana va to’rtburchak shaklidagi tosh qurilmalardan iboratdir. Eng kichik tosh qurilmasining uzunligi 13 metr bo’lsa, eng kattasi 518 metrni tashkil etmoqda.

Oksford professori Devid Kennedining aytishicha, ular bir necha ming yil avval qurilgan ham bo’lishi mumkin. Badaviylar ushbu inshootlarni “qadimiy odamlar ijodi” deb atashadi.

“Ushbu noodatiy obyektlarga nisbatan hech qanday izoh yo’q. Ayni paytda topilgan portallar soni 400 taga yetdi, ba’zi viloyatlarda esa haddan tashqari ko’p. Ko’rinib turibdiki, ular o’z yaratuvchisi uchun juda muhim ahamiyat kasb etgan” deydi olim.

“Bunday “portallar” Yaqin Sharq mamlakatlarida ham topilgan edi. Ammo Kennedi Xarrat Xaybardan topilgan portallar ulardan anchagina qadimiyroq ekanligini aytmoqda” deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Arab sahrosida sirli “tosh portallari” topildi