09:36 / 23.10.2017
6 406

Shumtaka arvoh pab xodimlariga tinchlik bermayapti

Shumtaka arvoh pab xodimlariga tinchlik bermayapti

Angliyadagi pablardan biri o’zining ichimliklaridan ham ko’ra shumtaka arvohi bor ekanligi bilan mashhurlikka erishgan.

Pab xodimlari u yerda chiroqning o’z-o’zidan o’chirib yoqilishi, stakanlar turgan yeridan polga qulab ketishi haqida hikoya qilmoqdalar.

Bundan tashqari, zalda noodatiy dog’ hosil bo’lgan va bu yerdagi stolda o’tirganlar haddan ortiq sovqotganlarini aytishgan. Shundan keyin xodimlar dog’ ustida joylashgan stolni boshqa yerga olishga majbur bo’lishdi.

“Pab sohibi Allister Kollinz bino ichiga vidoekameralar joylashtirib chiqqanidan so’ng tasmalarda shumtaka ruhning mavjud ekanligi yaqqol aks etdi” deb xabar bermoqda “120.su” sayti.

Tasmaga muhrlangan kadrlarda kursilar o’z-o’zidan harakatlanayotgani, eshiklar ochib-yopilishi yozib olingan. Endilikda Kollinzning pabi ruh ovchilari nazariga tushgan yerlardan biri hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shumtaka arvoh pab xodimlariga tinchlik bermayapti