14:03 / 24.10.2017
7 783

Shafqatsiz munosabat qurboniga aylangan kuchuk mitti bolakay bilan do’st tutindi

Shafqatsiz munosabat qurboniga aylangan kuchuk mitti bolakay bilan do’st tutindi

Nora laqabli bu kuchukning avvalgi sohiblari unga shunchalar shafqatsiz munosabatda bo’lganlarki, Nora endi butun odam zotidan qo’rqadigan bo’lib qolgan. Faqatgina bir mittivoydan tashqari...

Elizabet ismli ayol Norani ko’rgach, unga rahmi kelib, boqib olishga qaror qiladi. Elizabetning Noradan tashqari yana 3 ta kuchugi va 3 ta mushugi bor edi.

Nora yangi uyiga kelgandan keyin unga alohida e’tibor qaratgan bo’lsalar ham, ancha vaqtgacha atrofdagilarga nisbatan hadiksirab qarashda davom etdi. Ammo Elizabetning o’g’li Archi dunyoga kelgach, kuchukning qo’rquvlari ham aridi-qo’ydi.

Uy jonivorlari bu mittivoyni juda yaxshi ko’rib qoldilar, ammo barchasidan ham ko’ra ko’proq Nora unga qattiq bog’landi. Ayni paytda mana shu mittigina kichkintoy tufayli hayotga qaytgan kuchuk undan bir daqiqa ham nari ketmaydi.

Ushbu yoqimtoy do’stlarning ajoyib suratlari Elizabet tomonidan Instagram ijtimoiy tarmog’iga joylashtirilgach, 100000 odam ushbu do’stlarning muhlisiga aylandi, deb xabar bermoqda “120.su”. Haqiqiy do’stlik deganlari mana shu bo’lsa kerak-da!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shafqatsiz munosabat qurboniga aylangan kuchuk mitti bolakay bilan do’st tutindi