21:16 / 24.10.2017
6 304

Italiyada kafti va yuzlari qon bilan terlayotgan qiz kasalxonaga yotqizildi

Italiyada kafti va yuzlari qon bilan terlayotgan qiz kasalxonaga yotqizildi

Italiyalik shifokorlar kaftlari va yuzidan hech qanday jarohatsiz qon oqayotgan 21 yoshli qizni kasalxonaga olib kelishdi. Bu haqida xorij nashrlari xabar bermoqda.

Bemor ushbu holat unda uch yildan beri kuzatilayotganini ta’kidlab o’tgan. Uning aytishicha, qon oqishi 1 daqiqadan 5 daqiqagacha davom etadi. Qiz aynan shu sabab tafayli jamiyatdan uzilib qolgani va tushkunlikka tushganini alohida qayd etib o’tdi.

Shifokorlar bu holat yuzasidan qizda o’ta kamyob uchraydigan gematigidroz kasalligi bor ekanligi haqidagi hulosaga keldilar. Ushbu kasallikda ter qon bilan aralashib, teri teshikchalari orasidan tashqariga sizib chiqadi. Hastalik tomir devorlarining jahoratlanishi natijasida yuzaga kelgan.

Bemorga yozilgan davolash kursi kasallik alomatlarini kamaytirgan bo’lsa-da qizni butunlay tuzatib yubora olmayapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiyada kafti va yuzlari qon bilan terlayotgan qiz kasalxonaga yotqizildi