10:04 / 25.10.2017
5 234

Politsiya Trampga qarata Rossiya bayroqlarini otgan aktivistni qo’lga oldi

 Полиция Трампга қарата Россия байроқларини отган активистни қўлга олди

Politsiya Vashingtondagi Kapitoliya binosiga jurnalistlar qatorida kirib olgan va Trampga qarata Rossiya bayroqlarini uloqtirgan aktivistni qo’lga oldi, deb xabar beradi “Ria.ru” sayti. Ushbu holat yuzasidan teshkirish ishlari olib bormoqda.

Hodisa seshanba kuni sodir bo’lgan. Erkak bayroqlarni otib bo’lgach, “Tramp – sotqin!” deb qichqirgan. Prezident ushbu hodisaga nisbatan javob bermagan, politsiya xodimlari esa uni darrov qo’lga olishgan.

Xabarda aytilishicha, bu erkakning ismi Rayan Kleyton bo’lib, u “Amerikaliklar harakatda!” guruhi vakilidir. Iyul oyidagi kongressda aynan Rayan Kleyton prezidentning kuyovi va maslatahchisi Jared Kushnerga qarab Rossiya bayroqlarini uloqtirgan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Politsiya Trampga qarata Rossiya bayroqlarini otgan aktivistni qo’lga oldi