22:50 / 26.10.2017
16 720

O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroatxon Mirziyoyeva Erdo‘g‘onning rafiqasi Emine bilan uchrashdi (Foto)

O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroatxon Mirziyoyeva Erdo‘g‘onning rafiqasi Emine bilan uchrashdi (Foto)
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga davlat tashrifi davomida unga hamrohlik qilayotgan birinchi xonim Ziroatxon Mirziyoyeva 25 oktyabr kuni Anqaradagi Prezident saroyida prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning rafiqasi Emine Erdo‘g‘on bilan uchrashdi.

Anadolu agentligi axborotiga ko‘ra, Emine Erdo‘g‘on ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida O‘zbekiston birinchi xonimi bilan uchrashuvidan fotolavhalar e’lon qilgan.

Jumladan, Erdo‘g‘on xonim Twitter’dagi sahifasida shunday deb yozdi: «Turkiyaga tashrif buyurgan O‘zbekiston Prezidenti janob Mirziyoyevning rafiqasi qadrli Ziroat Mirziyoyevani Prezident saroyida kutib olishdan sharaf tuydim».

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroatxon Mirziyoyeva Erdo‘g‘onning rafiqasi Emine bilan uchrashdi (Foto)