06:46 / 27.10.2017
5 801

Foto: Yevropadagi birinchi suvosti restorani

Norvegiyaning Snohetta arxitektura firmasi Under nomli suvosti restoranining qurilishini ma’lum qildi. U bu tipda quriladigan Yevropadagi birinchi restoran bo‘ladi, deb yozmoqda Daryo.uz.
Foto: Yevropadagi birinchi suvosti restorani
Eng o‘zgaruvchan ob-havo sharoitlari hisobga olib quriladigan beton konstruksiya panoramali oynaga ega bo‘ladi. Restoranga tashrif buyuruvchilar oynadan suvni va dengiz jonzotlarini tomosha qilishi mumkin bo‘ladi. Muassasada mehmonlarni qabul qiluvchi uchta qavat rejalashtirilgan.

Restoranga kirish joyi qirg‘oqqa joylashtiriladi, mehmonlar beton quvur bo‘ylab pastga tushishiga to‘g‘ri keladi.


Restoranning ish vaqtidan tashqari vaqtlarda undan dengiz biologiyasini o‘rganuvchi olimlar foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Qurilish ishlarini Norvegiya qirg‘oqlarining eng janubiy nuqtasida 2018 yilning fevral oyida boshlab, 2019 yilning boshiga tugatish rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Foto: Yevropadagi birinchi suvosti restorani