07:21 / 28.10.2017
6 255

Dunyodagi eng katta shpargalka mana shu bo’lsa kerak!

Dunyodagi eng katta shpargalka mana shu bo’lsa kerak!
1 metr keladigan bahaybat shpargalka surati Amerikaning Arnold shahrida istiqomat qiluvchi buxgalteriya o’qituvchisining Instagram ijtimoiy tarmog’idagi sahifasida paydo bo’ldi.

Xabarda aytilishicha, Anna Arundel kolleji xodimi Reb Pitti o’z o’quvchilariga mashg’ulotga shpargalka bilan kelishlari uchun ruxsat bergan. Shuningdek, pedagog shpargalkaning o’lchami 3x5 sm dan oshmasligi kerak deb qo’shimcha ham qilgan. Ammo Iliya Bouen o’qituvchi aytgan o’lchamdan 114 barobar kattaroq shpargalka tayyorlab kelib, barchani hayratga soldi.

O’quvchi o’z aybini tan oldi, Reb Pitti esa yigitga shpargalkadan foydalanishga ruxsat berdi va uning ushbu g’oyasini maqtab ham qo’ydi. Reb ushbu voqea o’zi uchun dars bo’lganini aytishni unutmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng katta shpargalka mana shu bo’lsa kerak!