09:40 / 29.10.2017
7 281

Kievda mast holatdagi ayol 9 oylik bolasini metro yoniga tashlab ketdi

Kievda mast holatdagi ayol 9 oylik bolasini metro yoniga tashlab ketdi
Kievdagi markaziy temiryo’l vokzali bekatlarining birida mast ayol 9 oylik o’g’lini zina ustiga tashlab ketdi. Bu haqida “Fakty.ictv.ua” sayti xabar bermoqda.

Kichkintoyning hayotiga befarq bo’lmagan bag’rikeng insonlar uni politsiya mahkamasiga olib kelishgan va metro yaqinida bola hamda spirtli ichimlik ko’tarib yurgan ayolni ko’rganlari haqida aytishgan.

Politsiya xodimlari 25 yoshli onani yarim soatga qolmay topib kelishdi.

Ayolning aytishicha, Kievga Xersonsk oblastidan kelgan va bola unga hordiq chiqarish, shuningdek spirtli ichimliklar iste’mol qilishga halal bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kievda mast holatdagi ayol 9 oylik bolasini metro yoniga tashlab ketdi