Ispaniya hukumati Kataloniyaning sobiq rahbari Karles Puchdemonga siyosiy faoliyatini davom ettirib, navbatdagi saylovga o‘z nomzodini qo‘yishni taklif qildi. Bu haqda «Bi-bi-si» Vazirlar Mahkamasi vakili Inigo Mendesa de Vigoga asoslangan holda xabar tarqatdi, deb yozadi Kun nashri.
28 oktyabr kuni Madrid Kataloniya parlamentini tarqatib yuborib, Puchdemonni iste’foga chiqargandi. Muxtoriyat parlamenti uchun saylov 21 dekabr kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan.
«Kataloniyaliklar keyingi yillardagi voqealardan keyin nimalarni his qilayotganini bildirishlari mumkin. Jumladan, qonun buzilishi va o‘zni qonundan ustun qo‘yish oqibatlari haqida ham», - degan Mendes de Vigo saylovlar vaqti belgilanganidan keyin.
Puchdemon esa hokimiyatdan chetlatilgach, Kataloniya aholisini Madridning to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqaruvga o‘tishiga nisbatan demokratik yo‘l bilan qarshilik ko‘rsatishga va ozod mamlakat qurish uchun harakatlarni davom ettirishga chaqirdi.
Ispaniya 1 oktyabr kuni Kataloniyada mustaqillik referendumi tufayli siyosin inqiroz holatiga tushdi. Referendumda qatnashganlarning 90 foizdan ortig‘i Kataloniya mustaqilligi uchun ovoz bergandi. Tashkilotchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, referendumda saylov hukuqiga ega aholining 43 foizi ishtirok etdi.
Kataloniyada mustaqillik harakatlari davomida bir necha marta mitinglar bo‘lib o‘tdi. 29 oktyabr kuni esa ajralishga qarshi guruh vakillari ko‘chalarga chiqishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...