Fors ko‘rfazi davlatlari Qatar bilan uning mustaqil pozitsiyasi tufayli ziddiyatga borishdi hamda mamlakatdagi rejimni o‘zgartirish harakatidalar, biroq Qatar mojaroga yechim topilishini istasa ham, o‘z mustaqilligidan hech qachon voz kechmaydi, deya ma’lum qildi Qatar amiri Tamim bin Hamad Al Taniy.
“Ularga mustaqil ekanimiz, mintaqaning rivojlanishi bo‘yicha qarashlarimiz yoqmaydi”, - deya aytib o‘tdi u AQSHning CBS kanalidagi “60 daqiqa” dasturi davomida bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, raqiblarga, xususan, demokratiyaga intilish, Qatar “Al Jazira” telekanalini qo‘llab-quvvatlashi yoqmaydi. “Lekin biz “Al Jazira”ni yopmaymiz... Biz Fors ko‘rfazi davlatlari bilan yuzaga kelgan bu ziddiyat tugashini istaymiz, juda ham istaymiz, biroq o‘z mustaqilligimizdan voz kechmaymiz”, - deya aytib o‘tdi u.
Al Taniy Fors ko‘rfazi mamlakatlari Qatarda rejimni almashtirishni istashmoqdami, degan savolga shunday javob berdi: “Ha, ular rejimni o‘zgartirishni xohlashmoqda”.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi