Rossiyaning Saratov viloyatida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan shaxs Suriyadagi jangarilar lagerlariga fuqarolarni yetkazib berish bilan shug‘ullangani aniqlanib qo‘lga olindi. Bu haqda Qalampir nashri yozdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 24 yoshli yigit Suriya Arab Respublikasiga ketishga tayyorgarlik ko‘rish, mavjud tuzumga qarshi kurashuvchi noqonuniy qurolli guruhlarga kirishda ayblangan.Ushbu shaxs o‘z “sayohati”ga sheriklar qidirib, internet tarmog‘ida faol bo‘lgan.
Saratov viloyati FXX boshqarmasi tomonidan gumonlanuvchining uyi tekshirilganda, ekstremistik ruhda yozilgan adabiyotlar topilgan.Ayblanuvchi o‘z aybini tan olgani aytilgaan bo‘lib, unga nisbatan hibsga olish chorasi qo‘llanilgan.
1993 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan Rossiya Federatsiyasi jinoyat kodeksining 30 va 208 moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Sud tomonidan aybi tasdiqlanadigan bo‘lsa, ushbu shaxsga nisbatan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish va 2 ikki yilgacha ozodlikni cheklash jazolari qo‘llanilishi mumkinligi aytilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?