07:07 / 31.10.2017
8 378

Notanish qizga buyragini bergan yigitning operatsiyadan keyingi holati ijobiy deb baholanmoqda.

Notanish qizga buyragini bergan yigitning operatsiyadan keyingi holati ijobiy deb baholanmoqda.
Notanish qizga o’z buyragini bergan Uralsklik Abzal Adilov yana bir muddat operatsiya o’tkazilgan Almati shahrida qoladi.

Xabarda keltirilishcha, Abzal ayni paytda o’zini yaxshi his qilmoqda.

Buyrak ko’chirib o’tkazilgan Jamila Bayserikova esa yana bir muddat kasalxonada qolishga majbur.

Abzal asli qog’ozistonlik, kasbi esa quruvchi. U buyragi ishlashdan to’xtayotgan qiz haqida eshitishi bilan unga yordam qo’lini cho’zishga qaror qilgan.

Abzalning 4 yoshli Aziza ismli qizalog’i bor va u ota sifatida Jamilaning ota-onasi moliyaviy ahvollari sabab qizlariga yordam bera olmaganliklari hamda farzandning hastalikka duchor bo’lishi nima ekanligini yaxshi tushunadi.

Yigit o’z qarorini ota-onasiga bildirgach, ular bilan maslahatlashgan va internet tarmog’i orqali Jamilani topib, unga yordam bermoqchi ekanligini aytgan.

Abzal ayni paytda o’zini juda yaxshi his qilayotgani va qilgan hech bir ishidan afsusda emasligini aytib o’tgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Notanish qizga buyragini bergan yigitning operatsiyadan keyingi holati ijobiy deb baholanmoqda.