11:27 / 02.11.2017
7 018

Tramp Soipovni qatl etishni talab qildi

Tramp Soipovni qatl etishni talab qildi
Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Nyu-York shahrida amalga oshirilgan terakt ijrochisiga tayinlanadigan jazo xususida o‘z fikrini bildirdi. U Sayfullo Soipovga oliy jazo tayinlash tarafdori ekanini ma’lum qildi. Bu haqda «TASS agentligi»ga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.

«Nyu-York terakti ijrochisi IShID bayrog‘ini palatasiga osishlaridan xursand bo‘lardi. U 8 kishini o‘ldirib, 12 kishini jarohatladi. Uni qatl qilish kerak», deya yozgan Oq uy rahbari tvitterida.

Eslatib o‘tamiz, asli o‘zbekistonlik va Green Card lotereyasi orqali 2010 yilda AQShga ko‘chib ketgan Soipov 31 oktyabr kuni Nyu Yorkning Manhetten hududida ijaraga olgan pikap mashinasini odmlar ustiga haydab, qo‘poruvchilik sodir etgan edi. Buning oqibatida 8 kishi halok bo‘lib, 12 nafar odam jarohatlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Soipovni qatl etishni talab qildi