Shimoliy Koreya rasmiylari o‘tkazilgan yadroviy sinovlar chog‘ida odamlar halok bo‘lgani borasidagi ma’lumotlarni inkor qildi. Muqaddam Yaponiyaning «Asaxi–TV» telekanali shunday axborotni tarqatgan edi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Tegishli bayonot Koreya markaziy telegraf agentligi tomonidan tarqatildi.
Yaponiya telekanalida aytilishicha, KXDR shimoli-sharqidagi Pxungeri poligonidagi tunnelda yadroviy sinov tufayli yer o‘pirilgan va 200 kishi tuproq ostida qolib ketgan bo‘lishi mumkin. Yadroviy sinov 3 sentyabr kuni o‘tkazilgan edi.
Shimoliy Koreyaga ko‘ra, bu axborot «dezinformatsiya»dir.
«Bu amerikalik va yaponiyalik reaksionerlar KXDR yadroviy shiddatining o‘sishini harbiy tahdid va yirtqich sanksiyalar yordamida to‘xtatolmagandan keyin mamlakatni siyosiy va axloqiy bo‘hton bilan qoralashga urinayotganini ko‘rsatadi», — deyiladi bayonotda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?