5 709
Tramp Shimoliy Koreya bilan bog‘liq tanglikni bartaraf etishda Xitoy ko‘magini e’tirof etdi
Pekin Vashingtonga Pxenyanning yadro-raketa ishlanmalari bilan bog‘liq tanglikni bartaraf etishda muhim yordam ko‘rsatdi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan. Bu haqda «TASS»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Telekanal Trampdan Osiyo bo‘ylab safari davomida Xitoy tomonidan AQSh kompaniyalari intellektual huquqlari buzilayotgani masalasini ko‘tarishi haqida so‘radi.
«Bundan ko‘ra muhimroq narsani tushunishingiz kerak: bizda Shimoliy Koreya deb ataladigan muammo mavjud. Xitoy, xususan, uning rahbari Si Szinpin bu borada bizga ko‘mak beryapti», — dedi Tramp.
AQSh prezidenti Shimoliy Koreya muammosi bo‘yicha yechim topilishiga umid bildirdi.
«Agar shunday bo‘lmasa, bu hech kim uchun yoqimli bo‘lmaydi. Biroq Xitoy bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun yordam beryapti», — ta’kidladi Tramp. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi