12:52 / 05.11.2017
5 158

Puchdemon Kataloniya mustaqilligi tarafdorlarini birlashishga chaqirdi

Puchdemon Kataloniya mustaqilligi tarafdorlarini birlashishga chaqirdi
Kataloniya hukumatining sobiq rahbari Karles Puchdemon mintaqada 21 dekabrda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda mustaqillik tarafdorlarining yagona ro‘yxatini tuzishga chaqirdi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Puchdemon «barcha demokratlar birlashadigan vaqt kelgani»ni bildirdi va siyosiy mahbuslarni ozod etishga chaqirdi.

3 noyabr, juma kuni Ispaniya sud palatasi sudyasi ayni paytda Bryusselda bo‘lib turgan Puchdemon va Kataloniya hukumatiningboshqa to‘rt nafar sobiq a’zosini hibsga olishga xalqaro order berdi.

Sud ularni isyon uyushtirish, davlat mablag‘larini talon-taroj etish, xizmat vazifasini suiste’mol qilish va rasmiylarga bo‘ysunmaslikda gumon qilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Puchdemon Kataloniya mustaqilligi tarafdorlarini birlashishga chaqirdi