10:10 / 06.11.2017
6 441

Texasdagi cherkovda 27 kishi o‘ldirildi. Otishma ijrochisining shaxsi aniq

Texasdagi cherkovda 27 kishi o‘ldirildi. Otishma ijrochisining shaxsi aniq
5 noyabr kuni Texas shtatida mahalliy vaqt bilan soat 11:30da o‘qotar qurol bilan qurollangan shaxs Sazerlend-Springs cherkovi binosiga bostirib kirib, u yerga yig‘ilgan odamlarni o‘qqa tutgan.

Uilson okrugi politsiya vakili Albert Gamez bergan ma’lumotga ko‘ra, otishma oqibatida 27 kishi halok bo‘lgan, yana 20-25 kishi jarohat olgan.

Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, xunrezlikni amalga oshirgan kimsa AQSh harbiy-havo kuchlarida xizmat qilgan. Bu haqda huquq-tartibot idoralari vakillariga iqtibos keltirgan holda CBS telekompaniyasi xabar bermoqda.

Jinoyatni sodir etgan shaxsning ismi Devin Kelli bo‘lib, u oq tanli va 26 yoshda bo‘lgan. 2010 yildan 2014 yilgacha AQSh harbiy-havo kuchlarida xizmat o‘tagan. So‘ngra tribunalga berilib, harbiy xizmatdan haydalgan.

Hozirda FQB Kellining biror-bir radikal guruhga aloqadorligini tekshirmoqda.

Shuningdek, jinoyatchining uyida tintuv o‘tkazilmoqda. Shu maqsadda qotilning uyiga kinologlar jamoasi jo‘natilgan.

Manba: Kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Texasdagi cherkovda 27 kishi o‘ldirildi. Otishma ijrochisining shaxsi aniq