09:27 / 07.11.2017
7 025

Texasdagi cherkovda sodir etilgan ommaviy qotillikning ehtimoliy sababi ma’lum qilindi

Texasdagi cherkovda sodir etilgan ommaviy qotillikning ehtimoliy sababi ma’lum qilindi
5 noyabrda Texasdagi cherkovda ommaviy qotillik sodir etgan Devin Kelli bu jinoyatni oilasidagi muammolar sababli amalga oshirgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Bu haqda Texasning jamoat xavfsizligi departamenti vakili Frimen Martin ma’lum qilgan, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Martinning aytishicha, qotilning qaynonasi Sazerlend-Springsdagi cherkovga muntazam qatnagan. U Kellidan tahdidlar olgan. Shuningdek, Kellining oilasida bir necha marta janjal chiqqani, u rafiqasi va o‘gay o‘g‘lini bir necha marotalab kaltaklagani aniqlangan.

AQSh prezident Donald Tramp Kellini qotillikni sodir etishga undagan sabab uning “ruhiyatidagi muammolar” deb hisoblashini aytgandi.

Qotil 5 noyabrda ertalab cherkovga kirib, u yerga kelgan odamlarni o‘qqa tuta boshlagan. Oqibatda 26 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Politsiyaning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, otishma tasodifan amalga oshirilmagan. Qotil hujumdan keyin avtomobilida o‘z joniga qasd qilgan.

Kelli 26 yoshda bo‘lgan, u AQSh harbiy-havo kuchlarida xizmat qilgan, biroq u yerdan tribunalga tushib, haydab yuborilgan. Qotilning tanishlari uni odamovi va g‘alati odam sifatida ta’riflashgan, sinfdoshlarining aytishicha esa u ateist bo‘lgan va xudojo‘ylarni tentaklar deb atagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Texasdagi cherkovda sodir etilgan ommaviy qotillikning ehtimoliy sababi ma’lum qilindi