11:35 / 08.11.2017
7 128

Saudiyada shahzodalarning qo‘lga olinishi taxt uchun kurash bilan bog‘liqmi?

Saudiyada shahzodalarning qo‘lga olinishi taxt uchun kurash bilan bog‘liqmi?
Avvalroq, Saudiya Arabistonida Korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ish boshlab, 11 nafar shahzoda, 4 nafar vazirlar va 38 nafar sobiq vazirlar, ularning o‘rinbosarlari va biznesmenlar qo‘lga olingani haqida xabar bergan edik.

Saudiya Arabistoni Bosh prokurori Saud al-Mujib qo‘lga olingan mansabdorlar ishi yuzasidan surishtiruvlarni boshladi.

Bir qator xorij mamlakatlari OAVlarida qayd etilishicha, bu operatsiya ortida boshqa “sir” yashiringan. Ma’lumotlarga qaraganda, 5 noyabrga o‘tar kechasi ommaviy ravishda shahzodalar va mansabdor shaxslarning qo‘lga olinishi taxt vorisligi bilan bog‘liq.

Shahzoda Al-Valid bin Talal pul o‘zlashtirganligi, pora berganligi va rasmiy kishilarga tahdid qilganligi uchun qo‘lga olingan. Shahzoda Mutaib bin Abdulla bin Abdulaziz al-Saud ko‘p pul sarf qilganligi, ishga joylashtirishdagi firibgarligi va o‘z kompaniyalariga shartnomalar taqdim etgani uchun ushlangan.

Ar-Riyod provinsiyasi gubernatori o‘rinbosari bo‘lgan shahzoda Turki bin Abdulla al-Saud metro qurilishi ishidagi korrupsion mojaroga aralashganligi uchun qo‘lga olingan. U 22,5 milliard dollar miqdorda pora olganligi aytilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qirollik asoschisining nevarasi, avvalgi qirolning uchinchi o‘g‘li Mutaib bin Abdulla bin Abdulaziz al-Saud milliy gvardiya vaziri edi. U merosxo‘r shahzoda taxtga o‘tirishga qarshi edi.

Shu bilan birga so‘nggi xabarlarda aytilishicha, “Financial Times” nashri yuqoridagi barcha ma’lumotlarni rad etib, ularni “yolg‘on” ekanligini ta’kidlamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiyada shahzodalarning qo‘lga olinishi taxt uchun kurash bilan bog‘liqmi?