11:51 / 08.11.2017
11 867

Dahshat!!! Qozog‘istonlik ayol yangi tug‘ilgan nevarasini pechkada yoqib yubordi

Dahshat!!! Qozog‘istonlik ayol yangi tug‘ilgan nevarasini pechkada yoqib yubordi
Qozog‘istonning Shimoliy Qozog‘iston viloyatida ayol yangi tug‘ilgan nevarasini pechkada yoqib yubordi, deb yozadi Daryo nashri.

Pensioner hali bir oylik ham bo‘lmagan qizchani o‘txonaga solib, voqeani kuzatib o‘tirdi.

Qo‘shnilarning so‘zlariga ko‘ra, ayol pechka og‘zini ochib, bolani yechintirgan va uni to‘g‘ri yonayotgan o‘tin ustiga qo‘ygan. Chaqaloqning onasi bu vaqtda do‘konga chiqib ketgan edi.

Uyda ular to‘rt kishi bo‘lib yashardi: pensioner ayol, uning asrandi qizi va ikki bolasi. To‘qqiz yoshli o‘g‘il ham onasi bilan do‘konga ketgan edi. Qaytib kelishgach, aynan u pechkada yonayotgan qizchani birinchi bo‘lib ko‘rib qolgan.

Hibsga olingan Lyubov Rusaliyeva barcha zarur ekspertizalardan, shu jumladan psixiatrik tekshiruvdan o‘tkaziladi. Qishloqda uni piyonista, ammo xayrixoh ayol sifatida bilishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dahshat!!! Qozog‘istonlik ayol yangi tug‘ilgan nevarasini pechkada yoqib yubordi