14:10 / 14.11.2017
5 904

Ispaniya hukumati Rossiyadan tarqatilgan Kataloniya haqidagi soxta yangiliklar haqida ma’lum qildi

Ispaniya hukumati Rossiyadan tarqatilgan Kataloniya haqidagi soxta yangiliklar haqida ma’lum qildi
Kataloniyadagi referendum haqidagi shubhali yangiliklardan iborat internet-trafik Rossiya hududidan chiqib kelgan. Bu haqda Ispaniya mudofaa vaziri Maria Dolores Kospedal Bryusselda so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi. Bu haqda «TJournal»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Kospedalning so‘zlariga ko‘ra, vazirlikda ovoz berishga bevosita ta’sir haqida rasmiy ma’lumotlar yo‘q, ammo u soxta yangiliklar qayerdan kirib kelayotganini aniqlashtirib, bu haqda Rossiya hukumatiga ma’lum qilishga muvaffaq bo‘lgan.

Vazir ishonchsiz axborot tarqatishda Twitter, Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlardan foydalanilganini ta’kidladi. Xuddi shu guruhlar, mudofaa vazirligi fikricha, butun Yevropa bo‘ylab beqarorlikni yuzaga keltirishga urinmoqda.

Kospedalning bayonotini Ispaniya tashqi ishlar vazirligi tasdiqladi va trafikning 50 foizi Rossiyadan, 30 foizi Venesueladan kelganini qo‘shimcha qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ispaniya hukumati Rossiyadan tarqatilgan Kataloniya haqidagi soxta yangiliklar haqida ma’lum qildi