19:07 / 14.11.2017
5 848

Ayol tovon puli olish uchun asrandi farzandini 7 yil davomida och qoldirdi

Ayol tovon puli olish uchun asrandi farzandini 7 yil davomida och qoldirdi
Rossiyaning Magadan viloyatida yashovchi ayol kun kechirish uchun yetim bola asrab olib, uni ochlikka mahkum etdi. Aslida turmush o‘rtog‘i bo‘la turib, bu rejasini yolg‘iz amalga oshirgan ayol avvaliga bola asrab oldi, keyin esa uni och qoldirdi. Uning rejasi bo‘yicha bolaning ahvolini ko‘rgan mas’ullar shaxslar nogironlik uchun qo‘shimcha pul to‘lashlari kerak edi...

Ma’lumotlarda qayd etilishicha, ayol bolaga odatdagi oziq-ovqatlardan bermaslik hamda turli sun’iy preparatlar ichirish yo‘li bilan bolada oshqozon-ichak trakti kasalligini paydo qilgan va kasallik alomatlarini mutaxassislarga “namoyish” qilgan.

Tibbiyot xodimlarining xulosasiga ko‘ra, 2010 yil 25 oktyabrda asrab olingan bolaga “bir yillik nogironlik nafaqasi” qayd etilib, qo‘shimcha mablag‘, kompensatsiya va boshqa ijtimoiy to‘lovlar to‘lanishi belgilandi.

Ayol keyinchalik ham bolada nogironlik alomatlarini saqlab qolish uchun deyarli 7 yil davomida uni och qoldirgan. Xabarlarga ko‘ra, 11 yoshli bolaning vazni 10 kilogrammni tashkil qilgan.

2010 yil 13 noyabrdan 2017 yil 15 avgustgacha yolg‘on yo‘l bilan federal byudjetdan 1,5 million rubl mablag‘ o‘zlashtirilgan. Pullarni ayol o‘zi istaganicha sarflagan.

Ayolga nisbatan kichik yoshdagi bolaning salomatligiga zarar yetkazgani va firibgarligi uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bola esa boshqa bir oilaning qaramog‘iga topshirilgan. Hozirgi vaqtda bolaning ahvoli qoniqarli ekanligi aytilmoqda. Biroq bolaning sog‘lig‘iga yillar davomida yetkazilgan zarar asoratlari endi uni bir umr “ta’qib” qilishi mumkinligi ta’kidlangan.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ayol tovon puli olish uchun asrandi farzandini 7 yil davomida och qoldirdi