15:46 / 17.11.2017
6 069

Sitsiliya mafiyasining eng so‘nggi «bosslar bossi» vafot etdi

Sitsiliya mafiyasining eng so‘nggi «bosslar bossi» vafot etdi
«Koza Nostra» mafiya tashkilotining oxirgi rahbari, mafiyaning so‘nggi «bosslar bossi» deb ataluvchi Toto Riina 88 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda Kun.uz.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, «pakana» laqabli jinoyatchi Parma shahridagi shifoxonada ikki marta o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan so‘ng hayotdan ko‘z yumgan.

Ta’kidlanishicha, Italiya adliya vaziri Andrea Orlando Riinaning eng yaqin qarindoshlariga umrining so‘nggi soatlarida u bilan birga bo‘lishga ruxsat bergan.

Riina 1993 yilda taxminan 40 kishining qotilligi va yuzlab buyurtma qotilliklariga aloqadorlikda ayblanib hibsga olingan. Uni 26 ta umrbod qamoq jazosiga hukm qilishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sitsiliya mafiyasining eng so‘nggi «bosslar bossi» vafot etdi