Xitoyda inson boshini boshqa tanaga ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha dunyodagi ilk operatsiya bo‘lib o‘tdi. Aytish joizki, operatsiya murdada o‘tkazilgan va 18 soat davom etgan. Jarayon davomida umurtqani, asab tolalari va qon tomirlarini tiklashga muvaffaq bo‘lingan. Bu haqda «The Telegraph» nashriga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tganini uni o‘tkazgan italiyalik jarroh Serjo Kanavero Venadagi matbuot anjumanda ma’lum qildi. Operatsiya Xarbin tibbiyot universitetining doktor Jen Syaopin boshchiligidagi jamoasi bilan birgalikda o‘tkazilgan. Kanaveroning aytishicha, bu operatsiyadan keyin tirik odamga bosh ko‘chirib o‘tkazish yanada haqiqatga yaqinlashdi va u yaqin orada o‘tkaziladi.
2016 yilda neyrojarroh bosh ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasidan o‘tgan sichqon va it videosini namoyish qilgan. Jonzotlarda o‘tkazilgan tajriba davomida polietilenglikol moddasidan foydalanilgan. Bu modda orqa miyaning shikastlangan qismlariga kiritilgan va minglab neyronlar o‘rtasida aloqani tiklashga ko‘mak bergan.
Murdada operatsiya o‘tkazish neyrodegenerativ kasallikdan aziyat chekuvchi rossiyalik dasturchi Valeriy Spiridonovga bosh ko‘chirib o‘tkazishga tayyorgarlik doirasida o‘tkazilgan. Biroq bu operatsiya amalga oshirilishi bo‘yicha ishonchli dalillar yo‘q.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi