10:52 / 18.11.2017
3 462

AQSh KXDR ning ehtimoliy zarbasiga qarshi reja ishlab chiqdi

AQSh KXDR ning ehtimoliy zarbasiga qarshi reja ishlab chiqdi
Oq uy KXDR AQSh hududiga zarba beradigan bo‘lsa, bu holat uchun ikkita tajribaviy strategiya o‘ylab qo‘ygan, deb yozadi Kun nashri.

Birinchisi KXDR ballistik raketalarini uchirish tizimlariga kiberhujumlar uyushtirish va uchirishga xalaqit beruvchi «sabotajning boshqa usullarini» nazarda tutadi.

Ikkinchi strategiya esa raketalar «tezlashish fazasiga» chiqqanida ularni bevosita urib tushirishni taklif qiladi. Gazetaning ta’kidlashicha, ballistik raketalar uchirilganidan so‘ng payqalishi ancha osondir hamda yengil nishonga aylanadi. Ularni urib tushirish uchun esa, AQSh prezidenti ma’muriyati qiruvchilar va uchuvchisiz uchar qurilmalardan foydalanishni taklif etmoqda.

Biroq, agarda ular berilgan topshiriqni bajara olishmasa, tutuvchi-raketa eng so‘nggi umidga aylanadi.

Oq uy bu tajribaviy strategiyalarni amalga oshirish uchun kongressdan 4 mlrd. dollar so‘radi. Shu bilan birga, kongress avvalroq Raketalarga qarshi mudofaa agentligiga 8 mlrd. dollar ajratib bergandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh KXDR ning ehtimoliy zarbasiga qarshi reja ishlab chiqdi