12:00 / 22.11.2017
6 743

Xitoyda “mo‘’jizaviy qurol” namoyish qilindi

Xitoyda “mo‘’jizaviy qurol” namoyish qilindi
Xitoyda o‘z sinfida rekord tezlikka erisha oladigan suzuvchi tank VN18 yaratildi. Xitoyning CGTN mediaguruhi ushbu harbiy texnikani “mo‘’jizaviy qurol” deb atadi. Ushbu tankning videosi mediaguruhning YouTube-kanalida joylashtirildi.

Tank quruqlikda soatiga 65 km, suvda esa 30 km tezlik bilan harakatlana oladi. VN18 zambarak, pulemyot va tanklarga qarshi raketalar bilan jihozlangan. “Mo‘’jizaviy qurol”ning og‘irligi 26,5 tonnani tashkil qiladi. Uni boshqarish uchun 3 haydovchi talab etiladi. Haydovchilardan tashqari, tank o‘z ichiga yana 11 askarni sig‘dira oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda “mo‘’jizaviy qurol” namoyish qilindi