23:03 / 22.11.2017
7 119

Qirg‘iziston Prezidenti ketishidan avval muhim qonunni imzoladi

Қирғизистон Президенти кетишидан аввал муҳим қонунни имзолади
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev «Qirg‘iziston Respublikasi Mehnat kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Bu haqda prezident devonining axborot siyosati bo‘limi xabar bergan.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, qonun «XX asrning birinchi yarmidagi muhim tarixiy hodisalarga 7 va 8 noyabrni dam olish kunlari – Ajdodlar xotirasi va tarixi Kunlari sifatida aniqlash yo‘li bilan ob’ektiv tarixiy baho berish maqsadida» qabul qilindi.

Qirg‘iziston hukumatiga tegishli qonunchilik aktlarini ushbu qonun bilan muvofiqlashtirish topshirig‘i berildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Almazbek Atamboyev o‘zining tilla soatini jurnalistga hadya qilgani xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston Prezidenti ketishidan avval muhim qonunni imzoladi