23:08 / 22.11.2017
10 123

Harbiy xizmatga bormaslik uchun ukrainalik 22 yoshli yigit 80 yashli buvisiga uylandi

Harbiy xizmatga bormaslik uchun ukrainalik 22 yoshli yigit 80 yashli buvisiga uylandi
Sakson yoshli kampir (ismi-sharifi sir tutilgan) haqiqatan 22 yoshli yigit Aleksandrning buvisi hisoblanadi. Kampirning aytishicha, eri ancha yillar burun o‘lib ketgan. Nevarasi Aleksandr bilan nikohdan o‘tishi haqida mahalla faollari unga xabar qilishdi. Bu xabarni eshitgan kampir achchiq-achchiq yig‘ladi.
— Men bu voqeadan umuman bexabar edim, — deydi onaxon. — Nevaram hujjatlarniyam menga bildirmasdan rasmiylashtiribdi, men u bilan nikohdan ham o‘tibman. Qanday sharmandalik!..
— Men Ukraina armiyasi safida xizmat qilishni xohlamayman, — dedi Aleksandr. — Chunki o‘zimning millatdoshlarimni, vatandoshlarimni otib o‘ldirish qo‘limdan kelmaydi…
Ammo harbiy komissariatdagilar Aleksandr taqdim etgan hujjatni qalbaki deya baholashdi. Ular buni sud orqali isbotlashga bel bog‘lashgan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Harbiy xizmatga bormaslik uchun ukrainalik 22 yoshli yigit 80 yashli buvisiga uylandi