14 495
Uysiz ayolga pul bergan erkak uni kuzatib yurdi va ayol mablag’ni nimaga sarf qilganidan hayratga tushdi
YouTube kanallarining biridagi loyiha muallifi insonlarning haqqoniylik sifatlarini tekshirish uchun tajribalar o’tkazadi. Erkak bu safar tilanchilik bilan shug’ullanayotgan uysiz odam birdaginaga katta miqdordagi pulga ega bo’lsa uni nimaga sarf qilishini aniqlamoqchi bo’ldi, deyiladi xabarda.
Erkak avtobus bekatida o’tirgan ayol yoniga bordi va uning kichik yoshli o’g’li borligi, pulga oid muammolari va yashash joyi yo’qligidan xabar topdi. So’ng katmonidan bir o’ram pul chiqarib, uni ayolga berdi. Avvaliga bu tuhfani olmagan ayol erkakning iltimosidan so’ng pulni qabul qildi.
Erkak odamlar orasidan ketayotgan ayolni kuzatib bordi. Ayol esa buni bilmagan holda avval liboslar do’koniga kirib, ko’plab liboslarni kiyib ko’rdi, ammo hech narsa sotib olmadi. So’ng ko’chadagi kafelarning biridan muzqaymoq olib yedi. Tamaddini tugatgach esa uy hayvonlari boshpanasiga bordi va u yerdan kichik kuchukcha bilan chiqib keldi.
Erkak ayolning yoniga borib, nima uchun kuchuk sotib olganini so’radi. Ayol esa buyum va taomlar ikkinchi darajali narsa ekanligi, muhabbat va e’tibor esa uning uchun muhimroqligini aytdi. Ayol ushbu kuchukcha bilan farzandini xursand qilmoqchi bo’lganligini ham qayd etgan. Ushbu javobdan ta’sirlangan erkak bag’rikeng onaga kattagina mablag’ ulashdi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring