01:10 / 25.11.2017
4 387

OAV: London metrosida otishma ro‘y berdi

OAV: London metrosida otishma ro‘y berdi
Britaniya transport politsiyasi London metr opolitenining Oxford Circus bekatida o‘q ovozlari eshitilgani haqida xabar olganini ma’lum qildi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib «Daryo» nashri yozmoqda.

«Soat 16:37 da bizni o‘q ovozlari haqidagi xabardan so‘ng Oxford Circus bekatiga chaqirishdi. Britaniya transport politsiyasining qurollangan xodimlari poytaxt politsiyasi bilan birga voqeani aniqlashtirishga urinmoqda», — deyiladi politsiyaning rasmiy xabarida.

Voqea natijasida bir ayol yaralangani ma’lum qilindi.

Shu bilan birga, politsiya hozircha otishma ro‘y berganini tasdiqlay olmasligini tan oldi:

«Hozirgi paytda hech qanday otishma izlarini va gumondorlarni aniqlamadi».

Politsiya voqeani o‘rganishda davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OAV: London metrosida otishma ro‘y berdi