08:00 / 25.11.2017
7 278

Saudiya Arabistonidagi poraxo‘rlikda ayblangan shahzodalar ozodlikni pulga sotib ola boshlashdi…

Saudiya Arabistonidagi poraxo‘rlikda ayblangan shahzodalar ozodlikni pulga sotib ola boshlashdi…
Shu haqda Saudiyadagi bir qator nashrlar ma’lumot bergan. Qolaversa, qiroldan keyin mamlakat taxtiga asosiy merosxo‘r hisoblanmish shahzoda Muhammad ibn Salmon Al Saud ham “The New York Times” nashri muxbiriga bergan intervyusida shu masalaga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Uning aytishicha, shahzodalarga nisbatan qo‘llangan jazo mamlakat ichkarisida avj olgan korrupsiya jinoyatlariga barham berishdan iborat xolos. Hech kim shahzodalarni turmada saqlab foyda ham topmaydi. Shu sababli ularga ozodlikni pulga sotib olish uchun imkon berildi. Natijada aybdorlarning bir qismi bu imkoniyatdan foydalandi. Qolganlari esa hozircha aybdor emasligini sudda isbotlash niyatida yashamoqda.

Ammo ular ham aybdor emasligini isbotlay olishmaydi. Negaki, ularga qarshi keragidan ortiqroq dalillar to‘plab bo‘lingan. Imkoniyatdan to‘g‘ri foydalangan shahzodalar ozod etildi. Ulardan tushgan mablag‘ jami 100 milliard dollarni tashkil etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistonidagi poraxo‘rlikda ayblangan shahzodalar ozodlikni pulga sotib ola boshlashdi…