08:33 / 25.11.2017
5 879

Ramzan Kadirov Misr hokimiyatini terrorchilarga shafqatsiz tarzda javob qaytarishga chaqirdi

Ramzan Kadirov Misr hokimiyatini terrorchilarga shafqatsiz tarzda javob qaytarishga chaqirdi
Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Kadirov o’zining “Instaram”dagi sahifasida Misr hokimiyatini terakt natijasida halok bo’lgan dindonlar o’limi uchun shafqatsiz tarzda javob qaytarishga chaqirdi.

“Terrorchilarni qo’llab-quvvatlayotganlar kim bo’lishi, o’zlarini qanday dongdor nom bilan atashlari va qanday g’oyalar bilan berkinishlariga qaramay barchalariga ming bor la’natlar bo’lsin! Misr hokimiyati va ularning ittifoqdoshlari javobi masjidda bo’lib o’tgan terrorchilar jinoyatiga taqqoslaydigan darajada zudlik bilan, qat’iy va shafqatsiz bo’lishi kerak” deb yozadi Kadirov.

Shuningdek, Checheniston rahbari hokimiyat terror yo’lini tanlaganlarga ko’ngilchanlik qilib o’tirmasligini ham aytgan.

“Bizning harakatlarimiz sezilarli darajada va keng miqyosda bo’ladi. Biz Chechenistondagi tinchlik va barqarorlikni buzish haqida hatto o’ylashga ham yo’l qo’ymaymiz” deb ta’kidladi siyosatchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Kadirov Misr hokimiyatini terrorchilarga shafqatsiz tarzda javob qaytarishga chaqirdi