20:18 / 25.11.2017
8 896

Britaniyada 7 yashar qizchani robot deb o‘ylab o‘ldirib qo‘ygan o‘quvchi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Britaniyada 7 yashar qizchani robot deb o‘ylab o‘ldirib qo‘ygan o‘quvchi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi
Britaniyaning York shahrida 7 yoshli qizni robot deb o‘ylab o‘ldirgan maktab o‘quvchisi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda «Interfaks»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Ismi oshkor etilmagan 16 yoshli qiz yanvar oyida Keti Rafni robot ekanligi yoki yo‘qligini tekshirib ko‘rish uchun o‘ldirganini tan oldi. Raf bo‘yni va ko‘kragida jarohatlar bilan bolalar maydonchasidan topilgan.

Qotilning o‘zi politsiyachilarni chaqirgan, u jinoyat joyi yaqinida qo‘lida pichoq va qonli libos bilan topilgan. Keti Raf zudlik bilan kasalxonaga olib borilganiga qaramay, jon bergan.

Detektivlarga ko‘ra, qotillik sodir etgunga qadar bir yil davomida o‘smir qizning ruhiyatida muammolar kuzatilgan. U atrofidagilarni aslida «qudratli va dushman kuch tomonidan boshqariladigan mashinalar» deb gumon qilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyada 7 yashar qizchani robot deb o‘ylab o‘ldirib qo‘ygan o‘quvchi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi