16:28 / 26.11.2017
5 221

Zimbabvening 93 yoshli sobiq prezidenti Robert Mugabe iste’foga chiqishi uchun 10 mln dollar pul berishlarini talab qildi…

Zimbabvening 93 yoshli sobiq prezidenti Robert Mugabe iste’foga chiqishi uchun 10 mln dollar pul berishlarini talab qildi…
Hukumatni yangilash tarafdorlari Mugabening bu shartiga rozi bo‘lishdi. Kelishuvga ko‘ra, talab qilingan pullarning 5 millon dollari shu zahoti berildi.

Qolgan 5 million dollar esa ikki-uch oy ichida beriladigan bo‘ldi. Bundan tashqari, Mugabe umrining oxiriga qadar yiliga 150 ming dollardan pensiya olishi belgilab qo‘yildi. Yana mamlakat poytaxti Xararedagi uyni ham sobiq prezidentga hadya qilishdi. U umrining oxirigacha qo‘riqchilar, xizmatkorlarga ega bo‘ladi, xohlagan vaqtida xorijda bepul dam oladi, tibbiy xizmatlar ham davlat xazinasidan to‘lanadi.
Eslatib o‘tamiz, Zimbabvening yangi prezidenti lavozimini 75 yoshli sobiq vitse-prezident Emmerson Mnangagva egalladi. U 2017 yil 24 noyabr kuni qasamyod qabul qildi.

Manba: Hordiq.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zimbabvening 93 yoshli sobiq prezidenti Robert Mugabe iste’foga chiqishi uchun 10 mln dollar pul berishlarini talab qildi…