19:10 / 27.11.2017
6 646

Internet qurboniga aylangan qiz ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishgan dugonasi bilan ko’rishgani ketib, qaytib kelmadi

Интернет қурбонига айланган қиз ижтимоий тармоқлар орқали танишган дугонаси билан кўришгани кетиб, қайтиб келмади
24 yoshli Sindi Lufe ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga oxirgi selfi suratini joylab, uning ostiga “Uchrashuvga tayyorman!” deb yozgan. Keyingi kuni esa ishga kelmagan va bedarak yo’qolgan.

Qizning oila a’zolari uni o’g’irlab ketishgan deya tahmin qilishmoqda. Nebraska shtati politsiyasi allaqachon qizni izlashga tushib ketgan.

Xabar berilishicha, qiz internet orqali tanishgan dugonasi bilan uchrashmoqchi bo’lgan, mashinasini esa uyning yonida qoldirgan. Politsiya qizning bank hisobida hech qanday o’zgarishlar bo’lmaganini aytgan.

Sindining qo’l telefoni o’chirib qo’yilgan. Uning do’stlari, qiz oilasini juda yaxshi ko’rgani va birdan yo’qolib qolishi mumkin emasligini ta’kidlashmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Internet qurboniga aylangan qiz ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishgan dugonasi bilan ko’rishgani ketib, qaytib kelmadi