Chechenistonda kelin o‘g‘irlash odati yo‘q qilindimi...?

  • Dunyo
  • 29-11-2017, 20:30
  • 525
  • Чеченистонда келин ўғирлаш одати йўқ қилиндими...?
    Checheniston hukumati kelin o‘g‘irlash odatini yo‘qotishga erishdi, shuningdek, respublikada erta nikohlarning oldini olmoqda. Bu haqda mintaqaviy ombudsmen Nurdi Nuxajiyev TASS’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

    "Ayni damda respublikada voyaga yetmagan qizlar va o‘smirlar erta nikoh qurayotgani yo‘q. Shuningdek, kelin o‘g‘irlash, qizlarni majburan olib ketish odatiga chek qo‘yildi. Buning ustiga bu Checheniston madaniyatiga xos emas. Ramzon Qodirov Checheniston jamiyati bilan Checheniston Respublikasida bu holatni deyarli butunlay yo‘q qilishning uddasidan chiqdi", - deya aytib o‘tdi ombudsmen.

    Uning ta’kidlashicha, Chechenistonda ayollar huquqiga rioya etish birinchi o‘rinda turadi. "Bizda Onalar kuni, Checheniston ayoli kuni kabi bayramlar bor. Hozirda qizlar o‘zlari tanlagan kasbni erkin o‘rganish imkoniyatiga egalar. Agarda u o‘qigan, yaxshi mutaxassis bo‘lsa, ish ham topadi, hech kim unga bunda xalaqit qilmaydi", - deya aniqlik kiritdi Nuxajiyev.