13:50 / 30.11.2017
6 173

Kurdlar Suriya qo‘shinlariga qo‘shilishga tayyor

Kurdlar Suriya qo‘shinlariga qo‘shilishga tayyor
Asosan kurdlardan tashkil topgan «Suriya demokratik kuchlari» Suriyadagi inqiroz siyosiy tartibga solingandan keyin hukumat qo‘shinlariga tarkibiga kirishga tayyor. Bu haqda kurdlarning «Demokratik ittifoq» partiyasi Rossiyadagi vakili Abd Salama Aliga tayanib, «Izvestiya» xabar bermoqda. Bu haqda «Gazeta.ru»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

«Barcha uchun maqbul yechim topilsa, Suriya demokratik kuchlarining Suriya armiyasiga qo‘shilishi hodisalarning mantiqiy davomi bo‘ladi. Biz hech qachon yakkalanish yoki ajralish masalasini qo‘ymaganmiz. Aksincha, kurdlar yagona Suriya doirasida o‘z huquqlari va boshqa xalqlar huquqlarini mustahkamlashga urinmoqda», — deydi u.

Nashrning ta’kidlashicha, oxirgi vaqtlarda Suriya hukumat kuchlari va SDK jangchilari o‘rtasida jiddiy to‘qnashuvlar yuz bermagan.

Avvalroq AQSh Suriya shimolida yangi hokimiyat organi tashkil etmoqchi ekanligi ma’lum qilingan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kurdlar Suriya qo‘shinlariga qo‘shilishga tayyor