19:03 / 30.11.2017
2 990

АҚШ дунёнинг ҳамма мамлакатларини КХДР билан барча алоқаларни узишга чақирди

AQSHning BMTdagi muqim vakili Nikki Xeyli dunyoning barcha mamlakatlari Shimoliy Koreya bilan har qanday aloqani uzishi kerakli haqida aytgan.

“Bugun biz barcha davlatlarni Shimoliya Koreya bilan har qanday aloqani uzishga chaqiramiz” deydi u Halqaro xavfsizlik tashkiloti kengashining shoshilinch yig’ilishida. Xabarda aytilishicha, yig’ilish KXDRning navbatdagi yangi raketa sinovlari mavzusiga bag’ishlangan.

Shuningdek, Xeyli Pxenyan bilan harbiy, ilmiy, texnikaviy va iqtisodiy hamkorliklarni ham tilga olib o’tgan.

Uning fikricha, Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In boshlamoqchi bo’layotgan harbiy ixtilof KXDRdagi tartibni butunligicha yo’q bo’lishiga olib keladi.

Eslatib o’tamiz, 28 noyabr kuni Pxenyanda yangi turdagi “Xvason-15” raketasi sinovdan o’tkazilgan. Raketa 53 daqiqa ichida 4475 kilometr balandlikda 950 kilometr uzoqlikdagi masofani bosib o’tdi. Yaponiya mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko’ra, “Xvason-15” Aomori prefekturasi shimolidan 250 kilometr uzoqlikda qulagan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » АҚШ дунёнинг ҳамма мамлакатларини КХДР билан барча алоқаларни узишга чақирди