22:51 / 06.12.2017
13 532

Kolumbiyada rekord darajadagi vaznga ega chaqaloq dunyoga keldi

Kolumbiyada rekord darajadagi vaznga ega chaqaloq dunyoga keldi
Bolakayning ismi-sharifi Isaak Devid Guerra Machakon. U 2017 yil 2 dekabr kuni Kolumbiyadagi tug‘ruqxonalardan birida tug‘ildi. Tug‘ildi-yu, dunyoga mashhur bo‘lib ketdi. Sababi, u 6, 5 kilogramm vazn, 60 santimetr bo‘y bilan yorug‘ dunyo yuzini ko‘rdi. Chaqaloqni kuniga yetti-sakkiz marta ovqatlantirish kerak bo‘lyapti. Qolaversa, bolaga 5 oylik chaqaloqlarga to‘g‘ri keladigan «podguznik»lar sotib olishga majbur bo‘lishyapti.

— Men bunaqangi kattakon farzandni dunyoga keltiraman deb sira o‘ylamagandim, — deydi chaqaloqning onasi Diana Machakon. — Lekin baribir xursandman. Chunki bolam sog‘lom tug‘ildi…
Tug‘ruqni amalga oshirgan akusher-ginekologning gapiga qaraganda, tug‘ilgan payt bolakay nafas olishga ancha qiynaldi. Bu holat yirik tug‘iladigan bolalarning barchasida uchraydi. Hozir esa chaqaloq o‘zini juda his etmoqda. Vrachlar hazil aralash Isaak Devid Machakon uyga o‘z oyog‘i bilan yurib ketishiga umid bog‘lashyapti.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kolumbiyada rekord darajadagi vaznga ega chaqaloq dunyoga keldi