01:09 / 07.12.2017
5 428

Hindistonda sayyohlarni olib yuradigan fil ayovsiz kaltaklandi

Hindistonda sayyohlarni olib yuradigan fil ayovsiz kaltaklandi
Internet tarmog’ida uch nafar odam bog’lab qo’yilgan filni ketma-ket tarzda kaltaklashgani haqidagi xabar paydo bo’ldi. Aytishlaricha, jonivorlar egasi bu orqali ularga insonlarga bosh egishlari kerakligini tushuntirar ekanlar.

Ushbu dahshatli holat “Save The Asian Elephant's” hayriya tashkiloti a’zosi tomonidan kadrga muhrlangan. Fil sohiblarining yagona maqsadi uni kelgusida sayyohlarni tashib yurishga majbur qilishdir.

Kaltaklash jarayoni fil azoblarga chiday olmay yerga yotib olganidan keyin ham davom etavergan. Kadrlar muallifining aytishicha, kaltaklash natijasida filning orqa oyog’i singan.

Internet tarmog’ida tarqalgan ushbu videodan keyin foydalanuvchilar fillarga nisbatan shafqatsiz munosabatning to’xtatilishini talab qilmoqdalar. Shuningdek, xabarda tashkilot rahbari sayyohlarga fillar xizmatidan voz kechishni taklif qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda sayyohlarni olib yuradigan fil ayovsiz kaltaklandi