23:15 / 10.12.2017
5 721

Asqar Akayevning yurtdoshlari bilan uchrashuvi mojaro bilan yakunlandi (video)

Асқар Акаевнинг юртдошлари билан учрашуви можаро билан якунланди (видео)
Qirg‘izistonning birinchi prezidenti Asqar Akayevning Germaniyada yurtdoshlari bilan uchrashuvi mojaro bilan yakunlandi.

Ta’kidlanishicha, uchrashuv KyrgyzClub-Germany hamjamiyati tomonidan tashkillashtirilgan bo‘lib, norasmiy xarakterga ega bo‘lgan. Uchrashuv uning tashkilotchilari istagandek uzoq davom etmadi.

Akayev yurtdoshlari bilan mehmonxona oldidagi ko‘chada uchrashgan. U hamma bilan so‘rashgach, yurtdoshlari bilan suhbatlasha boshlagan. Bu suhbat davomida bir necha kishi Akayevdan qirg‘izchada so‘zlashishni talab qilib, unga xalaqit qila boshlagan. Odamlar orasida Akayevga qarshi bo‘lganlar ham bo‘lgan. Ularning qo‘lida “Akayev ket” degan plakatlar bo‘lgan.

Akayev ko‘chada bir necha daqiqa suhbatlashib turib, uchrashuvni odamlarning savollariga javob berishni istamagan holda tark etishga qaror qilgan. Akayev barcha bilan xayrlashib ortiga o‘girilib ketayotganda u tomonga tuxum uloqtirilgan. Shundan keyin Akayev voqea joyini shoshgancha tark etgan.

Akayevga hamrohlik qilgan qizi Bermet Akayeva tuxum otgan yigitning yoniga kelib, undan nega bunday qilayotganini surishtirishga tushib ketgan. Bermet Akayeva yigit bilan biroz dahanaki jang qilgach, yigitni sumkasi bilan bir necha marta urgan.

Janjalga yaqin atrofdagi politsiyachilar ahamiyat karatishib, yigitdan voqeani surishtira boshlashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Asqar Akayevning yurtdoshlari bilan uchrashuvi mojaro bilan yakunlandi (video)