Rossiya o‘z qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqib ketmoqda

  • Dunyo
  • 11-12-2017, 20:10
  • 507
  • Россия ўз қўшинларини Суриядан олиб чиқиб кетмоқда
    Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xmeymimdagi harbiy bazaga tashrif buyurib, qo‘shin Suriyani tark etishga tayyorgarlik ko‘rilishi masalasida zarur topshiriqlarni berdi. Rossiya rahbarini Suriya prezidenti Bashar Asad, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu hamda bu mamlakat qo‘shinlari qo‘mondoni Sergey Surovikinlar qarshi olishdi.

    — Mudofaa vaziri, Bosh shtab rahbari Rossiya qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqib ketishga tayyorgarlik ko‘rsin, — dedi Putin. — Biz Suriyani terrorchi kallakesarlardan ozod etish yo‘lidagi vazifamizni a’lo darajada ado etdik…
    Rossiya rahbari yana shuni alohida ta’kidlab o‘tdiki, Suriyada harbiylarning kichik bir qismi qoldiriladi. Ular bu mamlakat xavfsizligini ta’minlashda davom etadi.

    — Bilamiz, Suriyadagi janglarda, — deya so‘zini davom ettirdi Putin. — Ozmi-ko‘pmi yo‘qotishlarga yuz tutdik. Harbiylarimizning ayrimlari janglarda halok bo‘ldi. Lekin biz yaralanganlar, halok bo‘lganlarni hech qachon unutmaymiz va ularning yaqinlarini e’tibordan chetda qoldirmaymiz. Suriyada terrorchi kallakesarlarga qarshi janglarda halok bo‘lgan harbiylarimiz xuddi sizlar kabi qahramonlardir. Barcha harbiylarimizni g‘alaba bilan chin dildan qutlayman!