8 045
Buni taqdir deydilar! Britaniyalik qiz bolalikdagi suratidan bo’lg’usi turmush o’rtog’i tasvirini topib oldi
Buyuk Britaniyada istiqomat qiluvchi Verona Koliki 10 yil avval suratga olingan rasmdan o’z yori tasvirini topib oldi. U vaqtlarda bola va qiz mutlaqo tanish bo’lishmagan, yigit tasodifan orqa fonda suratga tushib qolgan. Bu haqida qizning o’zi Istagram ijtimoiy tarmog’i orqali ma’lum qildi.
Qiz bo’lg’usi umr yo’ldoshi bilan oilaviy suratlarni tomosha qilib o’tirgan paytda Chernogoriyada olingan 10 yil avvalgi suratda orqa fonda shishirilgan matras ustida suzib ketayotgan yigitchani payqaydi. Bu uning tanlagan yori edi. Aniqlanishicha, ular bir vaqtda, bir plyajda, bir-birlari bilan tanish bo’lmagan holda uchrashgan ekanlar.
Juftlik oradan 4 yil o’tgach, Londonda tanishishadi.
“Men hech qachon bunday voqea sodir bo’ladi deb o’ylamasdim, hatto “Ikkinchi yarmingni uchratishdan avval uning yonidan o’tib ketasan” degan gapni eshitgan bo’lsam ham” deb yozadi qiz surat tagiga.
Juftlik surati ijtimoiy tarmoqlarda 30000 dan ortiq “layk” yig’ishga erishdi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi