08:00 / 12.12.2017
6 686

Sanksiyalar tufayli Shimoliy Koreyada oziq-ovqat mahsulotlari narxi 160 foizga ko‘tarilib ketdi

Sanksiyalar tufayli Shimoliy Koreyada oziq-ovqat mahsulotlari narxi 160 foizga ko‘tarilib ketdi
Shu haqda Birlashgan millatlar tashkiloti bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha yordamchisi Miroslav Yenchi rasman ma’lum qildi. Uning aytishicha, Xalqaro sanksiyalar kuchga kirgach, oziq-ovqat mahsulotlari narxi haqiqatan 160 foizga ko‘tarilgan. Bu mamlakatda bojxonadan o‘tish, transport vositalaridan foydalanish, bank tizimida operatsiyalar yuritish jiddiy muammoga aylangan. Sarmoyadorlar birma-bir Shimoliy Koreyani tark etishga kirishdi.

Yenchi ta’kidlab o‘tdiki, sanksiyalar Kim Chen In hukumatining yadro qurollari sinovlarini ketma-ket tashkil etishi, bu harakat bilan Amerika hamda ittifoqdoshlari tinchligiga rahna solishi natijasida e’lon qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sanksiyalar tufayli Shimoliy Koreyada oziq-ovqat mahsulotlari narxi 160 foizga ko‘tarilib ketdi