17:24 / 13.12.2017
6 389

Yoqutistonda bolakay og’ziga skotch yopishtirib qo’ygan bog’cha tarbiyachisi ishdan haydaldi

Yoqutistonda bolakay og’ziga skotch yopishtirib qo’ygan bog’cha tarbiyachisi ishdan haydaldi
Xabarda aytilishicha, bu holat tarbiyachilar tomonidan bolalarga nisbatan qo’llagan jazo ko’rinishining birinchisi emas.

Tekshirish ishlaridan so’ng bolalarga nisbatan nojoiz tarbiya usullarini qo’llaganlik aybi bilan tarbiyachi va uning yordamchisi ishdan bo’shatib yuborildi.

Politsiya xodimlari Vitim posyolkasida profilaktika nazoratini o’tkazayotgan paytlari aholi vakillaridan biri o’tgan oy oxirlarida “Kolokolchik” nomli bolalar bog’chasi tarbiyachisi tushlik paytida dasturxon ustida o’zini nomunosib tutgan bolakayning og’ziga skotch yopishtirib qo’ygani haqida xabar berdi.

Qonun himoyachilari tomonidan aniqlanishicha, tarbiyachilarning biri aynan o’sha kuni yana boshqa bir bolani ham shu usulda “tinchlantirgan”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yoqutistonda bolakay og’ziga skotch yopishtirib qo’ygan bog’cha tarbiyachisi ishdan haydaldi