Internetda xitoylik erkakning ko‘p qavatli uydagi yong‘indan qutulib qolgani videosi paydo bo‘ldi.
Erkak 28-qavatdagi xonadoni derazasidan tashqariga chiqib, pastki qavatda joylashgan xonadonning temir panjarasiga osilib tushgan va u yerda o‘t o‘chiruvchilar kelguncha bir necha daqiqa turishiga to‘g‘ri kelgan.
Hozirda sababi aniqlashtirilayotgan yong‘in Chunsin shahridagi turar joy binolarining birida yuz bergan. Yong‘in uyning 31-qavatidagi xonadonlardan birida boshlangan.
Voqea joyiga 11 ta o‘t o‘chirish brigadasi kelgan. Yong‘inni yarim soat ichida o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan. Yong‘in oqibatida qurbonlar bo‘lmagan.
Qo‘shni uydan olingan videoda erkak panjaraga osilgancha, qo‘shnisi uyining oynasini oyog‘i bilan tepib sindirishga harakat qilayotgani tasvirlangan. Bu orada uning ustiga yuqoridan yonayotgan bo‘laklar tusha boshlagan. Biroq hammasi baxtli yakun topib, yordamga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar uni xonadon ichiga tortib olishgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
20 davlat Ukraina uchun yarim millionta o‘q-dori sotib oladi