23:30 / 13.12.2017
8 844

O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi

O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi
Moskva shahri janubi-g‘arbida joylashgan kafedagi maishiy mojaro O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolarining “birga bir” ommaviy mushtlashuvi bilan yakunlandi, deb xabar bermoqda Kun.uz.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ommaviy mushtlashuv haqida guvohlar tungi soat taxminan ikkilarda IIB navbatchilik qismiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishgan.

"Sevastopol shohko‘chasidagi sharq oshxonasiga ega kafeda ikki erkaklar guruhi dam olib o‘tirgan bo‘lgan, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari, - deya aytib o‘tgan huquqni muhofaza qilish organlaridagi manba “KP”ga. – Uzoq o‘tirishgan. Mast bo‘lishgan. Kafe xodimlarining aytishicha, ular o‘rtasidagi mojaro arzimagan narsadan kelib chiqqan – bir kishi boshqasini yelkasi bilan turtib yuborgan. Janjallashib qolganlarga do‘stlari yordamga kelishgan”.

Moskva politsiyasi matbuot xizmatidan xabar berishlaricha, voqea joyiga yetib kelgan patrul xizmati xodimlari 12 kishini qo‘lga olishdi. Ular yaqin oradagi politsiya bo‘linmasiga yuborildi. Mojaro tafsilotlari, kim mushtlashuvda qay darajada ishtirok etgani aniqlashtirilmoqda.

"Ikki erkak shifoxonaga olib ketildi, - deya qo‘shimcha qilib o‘tishgan politsiyadan. – Har ikkisida ham jarohatlar. Ulardan biriga kerakli tibbiy yordam ko‘rsatilgach javob berilgan".

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi