Ayni vaqtda Xalqaro koinot stansiyasida bo‘lgan italiyalik fazogir Paolo Nespoli Italiyaning Gubbio kommunasida o‘rnatilgan, sayyoramizdagi eng katta yangi yil archasidagi chiroqlarni koinotdan turib yoqdi. Bu haqda NASA axborot agentligiga asoslanib kun.uz xabar bermoqda.
Gap Injino tog‘i yonbag‘rida hosil qilinadigan yangi yil archasi haqida ketmoqda. Bu archa tog‘dagi daraxtlarga o‘rnatilgan chiroqlar yordamida hosil qilinadi. Fazogir chiroqlarni XKS kommuna joylashgan Umbriya viloyati ustidan uchib o‘tayotganda yoqqan.
Bu antiqa yangi yil archasining uzunligi 650 metrni, asosidagi eni esa 350 metrni tashkil qiladi. U 3 mingta turfa rangdagi chiroqlar va 8,5 km lik kabel yordamida hosil qilinadi. Archa 50 km uzoqlikdan ko‘rinib turadi.
Mahalliy aholi bu archani ilk bor 1981 yilda o‘rnatgan. Shundan beri tog‘ yonbag‘ridagi daraxtlarni yangi yil archasi ko‘rinishida bezash an’anaga kirgan. Bu antiqa archa 1991 yilda “dunyodagi eng katta yangi yil archasi” sifatida Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi