23:01 / 15.12.2017
6 114

Yuqori qavatdan qulab tushayotgan ayolni ushlayman deb o‘z hayotidan ayrildi (Video)

 Юқори қаватдан қулаб тушаётган аёлни ушлайман деб ўз ҳаётидан айрилди (Видео)
Xitoydagi savdo markazlaridan birining qo‘riqchisi bo‘lgan Lu Gou, Sian shahrida bir ayolning jonini saqlab qolaman deb o‘z hayotidan ayrildi.
U ko‘p qavatli uyning yuqori qavatidan tushib ketayotgan ayolni ushlab qolishga harakat qildi va qulab tushayotgan ayol Luning ustiga tushdi, oqibatda esa voqea ularning har ikkisining o‘limi bilan yakunlandi.

43 yoshli qo‘riqchi qulab tushayotgan ayolning tezligi va og‘irligini hisobga olmasdan, insoniylik yuzasidan bor kuchi bilan yordam qilishga shoshildi, afsuski, na u o‘zini va na qulab tushayotgan ayolning jonini saqlab qola oldi. Ularning har ikkisiga ham shifokor yordami kerak bo‘lmadi, chunki ular voqea joyining o‘zida vafot etishdi.
Ota-onasi, ayoli va qizchasi Luning vafotidan juda qayg‘uda qolishdi.

E’tiborlisi esa, OAV bu voqeaga befarq bo‘lmagan Xitoy hukumati Lu Gouga “Qahramon” unvoni beradi degan xabarni tarqatmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yuqori qavatdan qulab tushayotgan ayolni ushlayman deb o‘z hayotidan ayrildi (Video)